Jahon | 15:52 / 11.12.2024
4693
2 daqiqa o‘qiladi

Saratov oblastida harbiy aerodromga hujum haqida ma’lum qilindi

Rossiya harbiylari harbiy aerodromga UUA hujumining oldini oldi, dedi Saratov oblasti gubernatori. Uning so‘zlariga ko‘ra, vayronalar va qurbonlar yo‘q.

Foto: Maxar / Reuters

Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin 10 dekabr, seshanba kuni mintaqadagi harbiy aerodromga uchuvchisiz uchoq yordamida hujum qilinganini ma’lum qildi. Hujumning oldi olindi, dronlar yo‘q qilindi, deydi u. «Barcha zarur favqulodda xizmatlar ishlamoqda», — deb yozdi Busargin Telegram-kanalida. U gap qaysi aerodrom haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi hozircha Saratov oblastidagi dronlar haqida xabar bermagan. Ukraina, shuningdek, Rossiya hududiga uchuvchisiz uchoq hujumi uyushtirilgani haqidagi xabarga izoh taqdim etmadi.

Ukrainaga qarshi zarbalar «Engels-2» aviabazasidan amalga oshirilmoqda

Saratov oblastining Engels shahrida Rossiya Aerokosmik kuchlarining «Engels-2» aviabazasi joylashgan bo‘lib, u yerda strategik bombardimonchi samolyotlar joylashgan. Ukraina qurolli kuchlari Engelsdan samolyotlar Ukraina hududi uzra raketalarni uchirayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri ushbu aerodrom bir necha bor Ukraina hujumlariga uchragan. Oxirgi holatlardan biri 2024 yil avgust oyining oxirida sodir bo‘ldi.

Noyabr oyi boshida Saratov neftni qayta ishlash zavodiga dron hujumi natijasida mazut rezervuari va texnologik bloklardan biri yonib ketdi. Bir necha kundan so‘ng, UUA hujumi xavfi tufayli Saratovdagi Gagarin aeroporti faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.

Mavzuga oid