Jahon | 13:48
2694
3 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» Italiyaga birinchi marta STG yetkazib berdi

Cool Rover gaz tashuvchisi Italiyaning Livorno portiga yetib keldi. Oktyabr oyi oxirida Rossiya zavodlari 2024 yil uchun rekord darajadagi 3,06 million tonna STG eksport qildi.

Foto: Natalia Kolesnikova/AFP/Getty Images

Rossiyaning «Gazprom» konserni birinchi marta «Portovaya» STG (suyultirilgan tabiiy gaz) terminalidan Italiyaga suyultirilgan gaz jo‘natdi, deb xabar berdi Reuters 18 dekabr, chorshanba kuni LSEG (London fond birjasiga egalik qiluvchi guruh) ma’lumotlariga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bir kun avval Cool Rover gaz tashuvchisi Italiyaning Livorno portidagi FSRU Toscana terminalida yuk tushirishni boshlagan. «Gazprom» bu ma’lumotga izoh bermadi.

STGning rekord hajmlari

Oktyabr oyi oxirida Rossiyaning STG korxonalari joriy yil uchun rekord darajadagi 3,06 million tonna STG eksport qildi. 2024 yilning o‘n oyida yetkazib berish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,65 foizga oshib, 27,4 million tonnani tashkil etdi.

Mart oyida «Gazprom» Ispaniyaga birinchi marta STG yetkazib berdi. 17 dekabr kuni «Gazprom» aksiyalarining narxi 2009 yil yanvaridan beri eng past darajaga tushib, 106 rublga yaqinlashdi. Yil boshidan beri kompaniya narxi uchdan bir qismga arzonlashdi, bu geosiyosiy keskinlikning davom etishi fonida sodir bo‘ldi.

YeI gaz yetkazib beruvchilari Ukraina orqali tranzitni saqlab qolishga chaqirmoqda

Slovakiyaning eng yirik gaz yetkazib beruvchi SPP kompaniyasi, shuningdek, Avstriya, Vengriya va Italiyaning bir qancha gaz kompaniyalari Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyenga Ukraina orqali gaz tranzitini saqlab qolishga chaqiruvchi murojaatnoma tayyorladi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi 17 dekabr kuni.

SPP rahbari Voytex Ferens kompaniyalarning ushbu qo‘shma xatini «yaqin kelajakda katta iqtisodiy zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan mintaqaning energiya xavfsizligi va iqtisodiyoti uchun bevosita mas’ul bo‘lgan biznes muhim ovozi» deb atadi. Ferensga ko‘ra, Ukrainadagi gaz infratuzilmasini saqlab qolish va bu mamlakat orqali gaz tranzitini davom ettirishdan Yevropa iste’molchilari ham, Kiyev ham foyda ko‘radi.

Mavzuga oid