Jamiyat | 11:02
17104
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda bir maktabdan ketma-ket uch o‘quvchi vafot etdi

Karmana tumanidagi 30-umumta’lim maktabining ikki o‘quvchisi ketma-ket o‘z joniga qasd qildi. Oldinroq esa ushbu maktabning o‘quvchisi dars paytida sinf rahbari javob berib yuborishi ortidan cho‘milishga borib, cho‘kib ketgandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Karmana tumanidagi 30-umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida ketma-ket o‘z joniga qasd qilish holati kuzatilmoqda.

18 dekabr kuni maktabning 9-sinfida tahsil oluvchi o‘quvchi (o‘g‘il bola) o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Buni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.

Ayni shu maktabda bir oy oldin, 18 noyabr kuni ham shunday holat kuzatilgan: 11-sinfda o‘qiydigan o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qilgan. U ham yashash uyida o‘zini osgan. Qizning ota-onasi shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

24 may kuni esa ushbu maktabning 6-sinf o‘quvchilari dars vaqtida cho‘milishga borib, ulardan biri suvga cho‘kib halok bo‘lgandi.

O‘shanda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan edi. Biroq hozircha ushbu holatlar bo‘yicha rasmiy munosabat berilmadi. 

Mavzuga oid