O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Kiprdagi elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev mamlakat prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rim shahrida joylashgan) Kipr prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Qayd etilishicha, Kipr yetakchisi xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidagi nutqida yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga o‘z vazifalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilagan, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shishiga umid bildirgan.
Kipr prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga alohida to‘xtalgan. «O‘zbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz» – deydi prezident Nikos Xristodulidis.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997 yil 30 mayda o‘rnatilgan. Abat Fayzullayev Kiprga tayinlangan O‘zbekistonning birinchi elchisi bo‘ldi. U 2023 yil oktyabr oyida O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
17:14 / 30.11.2024
Kipr Alisher Usmonovning singlisini “oltin pasport”dan mahrum qildi
08:11 / 29.11.2024
Kipr NATOga kirish niyatida
21:58 / 27.11.2024