Jamiyat | 09:19
1420
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rt viloyatda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar M.X. va D.A. “Bunyodkor” MFY hududidagi savdo do‘konida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 245,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Q.A. MChJ rahbari B.Sh. “Adas” MFY hududidagi g‘isht ishlab chiqarish sexida o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 186,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Oltiariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda S.O. fermer xo‘jaligi rahbari S.O. suv nasoslarini elektr energiyasiga o‘zboshimchalik bilan ulab, 141,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Uzun tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Y.A. MChJ boshqaruvchisi X.Ya. “Yangi hayot” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, 101,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid