Fan-texnika | 00:13
973
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosga chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: CGTN

Xitoylik ikki nafar taykonavt ochiq kosmosda to‘qqiz soat ishladi. Bu ochiq kosmosda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan amerikalik astronavtlar rekordidan ikki soatga ko‘p.

Xitoylik ikki nafar taykonavt milliy orbital stansiya bortidan ochiq kosmosga chiqib, u yerda to‘qqiz soat qoldi va rekord o‘rnatdi. Bu haqda XXR Boshqariluvchi parvozlar boshqarmasi (CMSA) xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu Xalqaro kosmik stansiya bortidan ochiq kosmosda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan amerikalik astronavtlar rekordidan ikki soatga ko‘p.

Ta’kidlanishicha, ochiq kosmosga chiqish muvaffaqiyatli yakunlangan. Tsay Syuychje va Sun Lindun bu vaqt davomida ko‘plab vazifalarni bajarishga, jumladan, kosmik chiqindidan himoya qurilmasini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Taykonvat Van Xaotsze esa orbital stansiya bortidan ularning ishiga ko‘maklashib turgan.

Taykonavtlar Tsay Syuychje, Sun Lindun va Van Xaotsze (stansiya ekipaji tarkibidagi birinchi ayol) Xitoy orbital laboratoriyasi bortiga 30 noyabr kuni «Shenchjou-19» kosmik kemasida uchib kelgandi. Missiya doirasida ular stansiyada olti oyga yaqin faoliyat yutiradi — 2025 yil aprel oxiri yoki may boshida ular yerga qaytadi.

«Shenchjou-19» missiyasi hisob bo‘yicha «Tyangun» stansiyasiga amalga oshirilgan sakkizinchi ekspeditsiya hisoblanadi. Orbital laboratoriyaga birinchi boshqariluvchan missiya 2021 yilda amalga oshirilgan edi.

Xitoy kosmik stansiyasi yerdan 400 kilometr balandlikdagi orbitada joylashgan bo‘lib, u yerda bir vaqtning o‘zida uch nafar taykonavt ishlay oladi, ammo ekipajlarning almashinuvi vaqtida stansiya olti kishini ham qabul qilishi mumkin. «Shenchjou-19» missiyasi doirasida ilmiy eksperimentlar va texnik vazifalarni bajarish uchun yana bir necha bor ochiq kosmosga chiqish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid