Jamiyat | 07:34
1324
1 daqiqa o‘qiladi

40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Namanganda fuqarolar Gentra avtomashinasida umumiy bahosi 40,1 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 138 dona pirotexnika buyumlarini o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Namanganda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Namangan tumanida fuqarolar Y.K. va U.R. Gentra avtomashinasida umumiy bahosi 40,1 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 6 xil turdagi jami 138 dona pirotexnika buyumlarini fuqaro M.X.ga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid