Jahon | 17:57 / 23.12.2024
3017
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi

Tunda avtobusning buzilib qolishi oqibatida 50 nafardan ortiq yo‘lovchi sovuqda qolgan. Ular FVV tomonidan isinish punktlariga yetkazilgan.

Foto: Videodan kadr

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida qutqaruvchilar tomonidan 50 nafardan ortiq xorijlik evakuatsiya qilindi.

Qozog‘iston FVV ma’lumotlariga ko‘ra, Irgiz tumanidagi Samara-Chimkent trassasida chet el fuqarolarini olib ketayotgan yo‘lovchi avtobus buzilib qolgan. Avtobus Moskva-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan, unda 52 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Evakuatsiya qilinganlarning aksariyati O‘zbekiston Respublikasi va 6 nafari Tojikiston Respublikasi fuqarolari Irgiz qishlog‘idagi isinish punktiga olib borilgan. Keyinchalik ular boshqa avtobusda o‘z manziliga jo‘natilgan.

Meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tunda Irgiz qishlog‘i atrofida havo harorati 8-9 daraja sovuq bo‘lgan.

Mavzuga oid