Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
Shuningdek, 29 kishi tirik qoldi, ulardan 11 nafari og‘ir ahvolda.
25 dekabr kuni Qozog‘iston g‘arbidagi Oqtou shahrida Azerbaijan Airlines samolyoti halokatga uchradi va 38 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Qanat Bozumbayev ma’lum qildi.
«Jasadlar yomon ahvolda, asosan kuygan», dedi Bozumbayev.
29 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan uch nafari bola. Ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir. Qurbonlar orasida: 15 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 9 nafar Rossiya fuqarosi, 2 nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor, yana 3 kishining fuqaroligi aniqlanmoqda.
Bortda jami 67 kishi — 62 yo‘lovchi va ekipajning 5 a’zosi bo‘lgan. Ekipajning barchasi ozarboyjonliklar.
Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti Ozarboyjon poytaxti Bokudan Rossiyaning Grozniy shahriga uchgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Kaspiy dengizi uzra avariya signalini bergan. Shundan so‘ng samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirish uchun Qozog‘istonga yo‘l olib, qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi.
Mavzuga oid
21:56
Reuters: AZAL samolyoti Rossiyaning «Pansir-S» tizimi bilan urib tushirilgan
20:58
Katta ehtimol bilan Rossiya raketasi zarba bergan. Oqtovdagi aviahalokatning ikkinchi kuniga kelib yana nimalar ma’lum?
19:30
Tashqaridan zarba, qushlar yoki nosozlik - Oqtovdagi aviahalokat sababi nima?
19:17