Jahon | 09:15 / 26.12.2024
3615
2 daqiqa o‘qiladi

«Oboronlogistika»: «Ursa Mayor» terakt tufayli cho‘kib ketdi

«Oboronlogistics» kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rta Yer dengizida uning Ursa Major savdo kemasida maqsadli terakt uyushtirilgan. Kompaniya kema ekipaji a’zolarining ko‘rsatmalariga tayangan.

Foto: Reuters

23 dekabr kuni O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketgan Rossiyaning «Ursa Mayor» (Ursa Major) savdo kemasida «maqsadli terroristik hujum» uyushtirildi, deb xabar bermoqda 25 dekabr, chorshanba kuni Rossiya OAV kema egasi «Oboronlogistika» kompaniyalar guruhiga tayanib.

Kompaniya ekipaj a’zolarining ko‘rsatmalariga tayangan, undan kelib chiqadiki, 23 dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 13.50 da «o‘ng orqa tomondan ketma-ket uchta portlash sodir bo‘ldi», shundan so‘ng kema «keskin chayqaldi, bu kemaga suv kirganini ko‘rsatadi».

«Oboronlogistika» kemaning ortiqcha yuklanmaganini alohida ta’kidladi. «Ursa Mayor» kemasi 806 tonna yuk bilan Sankt-Peterburgdan Vladivostokka suzib ketayotgan edi. Bortda ikkita portal krani, ikkita kran maxsus moslamasi, ikkita kemalarda qo‘llanadigan qopqoq, qopqoqlar uchun uskunalar bilan jihozlangan 20 futlik konteyner va 129 ta bo‘sh konteyner bo‘lgan.

Rossiya yuk kemasi O‘rta Yer dengizida halokatga uchradi

Rossiyaning «Ursa Mayor» yuk kemasi O‘rta Yer dengizida, Ispaniyaning Agilas shahri va Jazoirning Oran shahri oralig‘ida cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning La Verdad nashri 24 dekabrga o‘tar kechasi Ispaniya qutqaruv xizmatiga tayanib.

OAV xabarlariga ko‘ra, bortdagi 16 dengizchidan 14 nafari Ispaniyaning Kartagena portiga olib ketilgan. Yana ikkisi bedarak yo‘qolgan.

La Verdad manbalariga ko‘ra, 23 dekabr kuni soat 12.30 da «dvigatellari portlagan» kema harakatlanishdan to‘xtagan. Rossiya harbiy kemasi qutqaruv operatsiyasini, shuningdek, bir hududda harakat qilayotgan bir nechta kemani nazoratga olgan. Keyinroq ularga Ispaniya harbiy-dengiz kuchlarining patrul kemasi qo‘shilgan.

Mavzuga oid