Oq boshli burgut rasman AQShning milliy qushiga aylandi
Tegishli qonunni AQSh prezidenti Jo Bayden imzoladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden «oq boshli burgut»ni mamlakat milliy qushi sifatida rasman tan olishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
AQShning 240 yildan ortiq ramzi bo‘lib kelgan oq boshli burgut rasman mamlakat milliy qushiga aylandi, deb xabar bermoqda Axios axborot sayti. Tegishli hujjat Jo Bayden tomonidan imzolangan.
Oq boshli burgut belgisi 1782 yilda AQShning rasmiy hujjatlarida qo‘llanila boshlandi. Oq boshli burgut tasvirini ko‘plab Amerika hujjatlarida, jumladan gerb, prezident shtandarti, banknotalar va boshqa hukumat atributlarida ko‘rish mumkin.
Ta’kidlanishicha, vakolat muddati yakunlanayotgan Bayden jami 50 ta qonun loyihasini imzolagan.
Shimoliy Amerikada yashovchi va qit’aning eng yirik yirtqich qushlaridan biri bo‘lgan oq boshli burgut, rasmiy hujjatlarda tilga olinganiga qaramay, hozirgacha mamlakatning milliy qushi deb e’lon qilinmagan.
Mavzuga oid
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
07:50
AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024