Pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab uzluksiz kasbiy rivojlanish vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — ta’lim tashkiloti) joriy etiladi. U maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarining kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlariga asoslangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari uchun ishdan ajralgan holda har besh yilda bir marta o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik o‘quv kurslari asosida, pedagog kadrlar va mutaxassislar uchun esa ularda zamonaviy malakalarni shakllantirishga qaratilgan variativ (tanlov) va invariant (majburiy) modullardan iborat ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Hujjat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi, uning maqsadi va asosiy vazifalari;
- uzluksiz kasbiy rivojlanish turlari va ularni tashkil etish tartibi;
- uzluksiz kasbiy rivojlanish sifatini baholash va nazorat qilish.
Uzluksiz kasbiy rivojlanishning asosiy vazifalari:
- rahbar, pedagog va xodimlarning kasbiy bilimlari, ko‘nikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish;
- pedagog xodimlarni kasbiy mahorati va bilim saviyalaridan kelib chiqib, kasbiy ehtiyojlariga mos keladigan dasturlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirish, metodik kompetentlik darajasini oshirish va ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamonaviy tarbiya metodikalarini o‘zlashtirish;
- ta’lim sifatini oshirishning asosiy manbai sifatida pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi, tashabbuskorligi, ijodkorligi va mahoratini rag‘batlantirish;
- xodimlar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini oshirish;
- xodimlarning doimiy kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadigan ta’lim muhitini yaratish.
Mavzuga oid
16:30 / 01.10.2024
Prezidentning pedagoglar bilan muloqoti - ustozlar yana qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
08:31 / 20.07.2024
O‘zDJTU qoshida pedagoglar malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etiladi
09:21 / 19.04.2024
2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
12:34 / 22.02.2024