O‘zbekiston | 17:00 / 27.12.2024
3575
3 daqiqa o‘qiladi

Gazlidagi boshqarma sexida yangi dvigatel o‘rnatildi

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi “O‘ztransgaz” AJ tizimidagi muhim muhandislik inshootlaridan biri bo‘lib, uning samarali ishlashi mamlakat energiya ta’minoti barqarorligida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qish-qirovli kunlarda gaz uzatish tizimining ishonchliligi hamda uzluksizligi katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda boshqarmada bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Yangi dvigatel – tizim samaradorligi kafolati

Boshqarmaning 5-gaz siquv kompressor stansiyasidagi “B” sexiga tabiiy gazni tortib olish jarayonidagi samaradorlikni oshirish maqsadida “DU-80L1” rusumli yangi dvigatel o‘rnatildi. Bu agregatning doimiy soz holatda va to‘liq quvvat bilan ishlashi magistral gaz quvurlari tizimida samaradorlikni ta’minlaydi. Dvigatelni o‘rnatish va ishga tushirish jarayoni “O‘ztransgaz” rahbariyatining qat’iy nazorati ostida amalga oshirildi.

Zaxira elektr stansiyasi – barqarorlik kafolati

Qishda elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sabab gaz uzatish tizimida to‘xtovlar yuzaga kelmasligi uchun boshqarmada “RAES-2500” rusumli ko‘chma elektr stansiyasi o‘rnatildi. Tabiiy gazda ishlaydigan ushbu stansiya tejamkorligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. Uning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun quvvati 2500 kVa bo‘lgan transformator o‘rnatildi va zamonaviy kabel tizimi yotqizildi.

Gaz tarkibi tahlilida zamonaviy yechimlar

Qishga tayyorgarlik doirasida boshqarmada zamonaviy oqimli gaz xromatograflari o‘rnatildi. Bundan tashqari, ularga mos yangi dastur ishga tushirildi. Bu dastur orqali tabiiy gaz tarkibi va kimyoviy ko‘rsatkichlariga oid haftalik tahlillar boshqarma mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu texnologiya jamiyat mablag‘larini tejashga ham yordam beradi.

Filtr-separatorlar — gaz sifatida muhim vosita

Boshqarmaning DKS-4 kompressor stansiyasida filtr-separatorlar o‘rnatildi. Ular gaz quvurlari tizimida mexanik qo‘shimchalar va namlikdan tozalash orqali gaz uzatish jarayonining samaradorligi hamda xavfsizligini ta’minlaydi. Bu chora-tadbirlar orqali magistral gaz quvurlarining uzluksiz ishlashi kafolatlanmoqda.

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan bu yangiliklar mamlakat energiya ta’minoti barqarorligiga qo‘shgan hissasi bilan ahamiyatlidir. Yangi dvigatel, zaxira elektr stansiyasi, filtr-separatorlar hamda xromatograflar kabi zamonaviy yechimlar qish davrida gaz uzatish tizimining ishonchliligini ta’minlaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid