Toshkentdan Ostonaga uchgan reys ortga qaytarildi
Uzbekistan Airways’ning Toshkentdan Ostonaga uchgan reysi bortdagi yo‘lovchining sog‘ligi yomonlashgani sababli jo‘nash aeroportiga qaytarildi.
Uzbekistan Airways’ning 28 dekabr kuni Toshkentdan Ostonaga uchgan reysi ortga qaytarildi, deb xabar beradi aviakompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilishida HY721 reysi (Toshkent — Ostona yo‘nalishi) bortidagi yo‘lovchining sog‘ligi yomonlashgani sababli samolyot Toshkent shahridagi jo‘nash aeroportiga qaytarilgan.
«HY721/722 reysi (28 dekabr) bo‘yicha yangilangan jadval haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Toshkent — Frankfurt yo‘nalishida parvoz qilgan yo‘lovchining sog‘ligi yomonlashgani sababli samolyot favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Vnukovo xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.
Frankfurt aeroporti reglamentga ko‘ra, yopilishidan oldin yetib borishning imkoni bo‘lmagani sababli, HY231 reysi samolyoti Toshkentdagi jo‘nash aeroportiga qaytariladi.
HY231 reysi yo‘lovchilariga quyidagi muntazam reyslar bilan parvoz qilish taklif etiladi:
· 29 dekabr kuni Myunxenga amalga oshiriladigan reys;
· 30 dekabr kuni Frankfurtda amalga oshiriladigan reys;
HY232 reysi (Frankfurt — Toshkent yo‘nalishi) yo‘lovchilarini 30 dekabr kuni HY232 reysi orqali qaytarish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:05 / 17.12.2024
Uzbekistan Airways va Silk Avia monopolistlar ro‘yxatiga kiritildi
18:58 / 17.08.2024
Ostona aeroporti samolyotning favqulodda qo‘nishidan keyin yopildi
14:00 / 04.07.2024
Shavkat Mirziyoyev ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi
17:01 / 19.06.2024