Jahon | 18:05 / 30.12.2024
15577
13 daqiqa o‘qiladi

Navalniy, G‘azo, «Krokus», Suriya va boshqalar - 2024 yil fotosuratlarda

Yakunlangan yil davomida butun jahon bo‘ylab ro‘y bergan asosiy voqealarni aks ettiruvchi eng yorqin kadrlar.

17 yanvar. Baymoq, Boshkirdiston. Politsiya mahalliy faol Fail Alsinov qamalishiga qarshi chiqqan namoyishchilarni tarqatmoqda
Anya Marchenkova / AFP / Scanpix / LETA
17 aprel. Parijdagi Bogomateri soborida 2019 yilgi yong‘indan keyin rekonstrutsiya boshlandi
Patrick Zachmann / Magnum Photos
1 mart. Lyudmila Navalnaya o‘g‘lining dafn marosimida. Foto: Getty Images
1 mart. Aleksey Navalniyning Moskvadagi Borisov qabristonidagi dafn marosimi
Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
2024 yil 1 martida indoneziyalik qutqaruvchilar Achex viloyati sohillari yaqinida rohingya etnik guruhiga mansub bo‘lgan 69 kishini to‘ntarilgan kema korpusida topishdi. Qidiruv-qutqaruv agentligi to‘qqiz bola, 18 ayol va 42 erkak qutqarilganini ma’lum qilgan. Yana 80 ga yaqin kishi oqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Foto: Reza Saifullah/AP
17 mart. Prezidentlik saylovlari. Yuliya Navalnaya Rossiyaning Berlindagi elchixonasidagi saylov uchastkasida navbatda
Ebrahim Noroozi / AP / Scanpix / LETA
17 mart. Prezidentlik saylovlari. Peterburgdagi saylov uchastkasidagi navbat​​​​​. Foto kun yarmida olingan — muxolifatchilar rossiyaliklarni Putinga noroziligini ifoda etish uchun uchastkalarga aynan shu vaqtda chiqishga chaqirgandi
AP / Scanpix / LETA
18 mart. Jabaliya, G‘azo sektori. Insonparvarlik yordami uchun navbat.
Mahmoud Essa / AP / Scanpix / LETA
22 mart. Moskva chekkasidagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida terakt sodir etildi. Konsert boshlanishi arafasida bir necha kishi avtomatlardan o‘t ochib, binoga o‘t qo‘ygan va yashiringan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 145 kishi halok bo‘lgan
AP / Scanpix / LETA
24 mart. «Krokus»ga hujumda gumonlanganlardan biri sudda. Terakt uchun javobgarlikni Afg‘onistondagi IShID Xuroson guruhi o‘z zimmasiga olgan. Foto: Tatyana Makeyeva / AFP / Scanpix / LETA
2024 yil 3 aprelda Tayvanda so‘nggi 25 yillikdagi eng kuchli zilzila (7,4 magnitudali) ro‘y berib, orolning sharqiy sohilidagi binolarni va infratuzilmalarni vayron qiladi. 18 kishi halok bo‘lib, mingdan ortiq kishi yaralangan.
Foto: Carlos Garcia Rawlins/Reuters
13 aprel. Orenburg oblastida Ural daryosidagi to‘g‘on buzilishi oqibatida suv toshqini yuzaga keladi.
Andrey Borodulin / AFP / Scanpix / LETA
2024 yil aprel. Odamlar G‘azo sektorining shimoliy qismi uzra tashlangan gumanitar yordam uchun yugurmoqda. Yuklarni parashyutlarda tashlash amaliyoti qurshovda qolgan qo‘shinlarga ta’minot yetkazib berish maqsadida ilk bor Ikkinchi jahon urushi davrida qo‘llangan. Vaqt o‘tib bunday usuldan boshqa samaraliroq yechimlar imkonsiz bo‘lib qolgan joylarga insonparvarlik yordami yetkazib berishda ham foydalana boshlashadi. Foto: AFP
28 aprel. Isroil. Erondan 14 aprel kuni uchirilgan ballistik raketa qoldig‘i. Isroilning Damashq bo‘ylab yo‘llagan va bir necha eronliklar, jumladan, Islom inqilobi muhofizlari korpusi generali, Muhammad Rizo Zohidiyning o‘limiga sabab bo‘lgan raketa zarbasiga javoban Eron ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri Isroil hududiga hujum qilgandi.
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
May oyida Braziliyada so‘nggi 80 yillikdagi eng kuchli suv toshqinlari kamida 180 kishini hayotdan olib ketdi. Fotoda Portu-Alegridagi suv bosgan «Arena du Gremio» stadioni.
Foto: YeRA/TASS
18 iyun kuni Rossiya prezidenti Pxenyanga davlat tashrifini amalga oshirdi. Bu Putin KXDRga ikkinchi bor kelishi bo‘ldi, birinchi tashrifini 2000 yilda amalga oshirgan. Rossiya va KXDR rahbarlari uchrashuvi yakunlariga ko‘ra Keng ko‘lamli strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Keyinroq ushbu kelishuv doirasida shimoliy koreyalik askarlar Ukraina bilan urushga yuborildi.
Foto: KCNA/AP/TASS
2024 yil 8 iyul kuni Rossiya raketasi Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar shifoxonasiga zarba beradi — bu Ukrainadagi eng yirik pediatriya muassasasi edi. Ikki kishi halok bo‘lgan, bino jiddiy shikastlangan. Foto: Evgeniy Maloletka/AP
13 iyul kuni Italiyaning Apuliya oblastida G7 sammiti boshlandi. Uchrashuvda katta yettilik davlatlari rahbarlari qatnashdi: Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni, AQSh prezidenti Jo Bayden, Buyuk Britaniyaning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Rishi Sunak, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, GFR kansleri Olaf Shols, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Yaponiyaning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Fumio Kisida.
Foto: YeRA/TASS
14 iyul. Pensilvaniya shtati Batler shahridagi miting chog‘ida Donald Trampga suiqasd uyushtiriladi. Bir kishi halok bo‘lib, yana bir kishi yaralanadi. O‘qlardan biri Trampning ham qulog‘ini yalab o‘tgan. O‘q otgan shaxsni qo‘riqchilar yo‘q qilishgan
Foto: AR/TASS
Anna Moneymaker / Getty Images
29 iyul. Parij Olimpidasida plyaj voleyboli bo‘yicha musobaqalar Eyfel minorasi yaqinida tashkillashtirildi
Patrick Smith / Getty Images
29 iyul. Braziliyalik Gabriel Medina, Olimpiadaning Taiti orolida o‘tkazilgan syorfing bo‘yicha musobaqasi ishtirokchisi
Jerome Brouillet / AFP / Scanpix / LETA
1 avgust. Amerikalik jurnalist Evan Gershkovich josuslikda ayblanib, bir yildan ortiq vaqt davomida Rossiya qamoqxonasida bo‘ldi. Uni Rossiya va G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli almashuv doirasida ozod etishgan. AQShda uni onasi va prezident Jo Bayden kutib oldi. Foto: Andrew Harnik / Getty Images
2 avgust. Germaniyaning Koblens shahridagi harbiy hospital. Rossiyalik muxolifatchi Ilya Yashin ham Rossiya va G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli almashuv doirasida ozodlikka chiqqandi. Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi vakili Mariya Pevchix unga qamoqxona formasi o‘rniga kiyim tanlashda yordam bermoqda
Yevgeniy Feldman / «Meduza»
14 avgust. Kursk sirkida Ukraina armiyasi egallab olgan hududlardan evakuatsiya qilinadigan aholi uchun joy bo‘shatilmoqda
Nanna Heitmann / Magnum Photos
14 avgust. Kursk oblastining Ukraina harbiylari egallab olgan hududlaridan kelgan qochqinlar bokschilar klubiga joylashtirilgan
Nanna Heitmann / Magnum Photos
20 avgust. Aleksey Lipser va Vadim Kobzev — Navalniyning advokatlari. Ular «ekstremist hamjamiyat» tuzishda ayblashgan. Himoyachilar 2023 yil oktyabridan buyon hibsda. 2024 yil dekabrida prokuror ularni olti yilga qamashni so‘ragan
Dmitry Serebryakov / AP / Scanpix / LETA
1 sentabr. Isroil armiyasi G‘azo bo‘ylab navbatdagi marta raketa zarbasi yo‘llamoqda. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil armiyasining harakatlari oqibatida kamida 45 ming kishi halok bo‘lgan. Ularning aksari tinch aholi vakillari
Omar Al-Qattaa / AFP / Scanpix / LETA
G‘azo sektoridagi falastinliklar shikastlangan avtomobilda Isroil armiyasining evakuatsiya to‘g‘risidagi buyrug‘idan keyin Xon Yunusning sharqiy qismini tark etmoqda. Hududdagi urush boshlanganiga bir yil o‘tganidan keyin ham isroillik harbiylar tinch aholi vakillarini sektor shimolidan janubga majburiy ko‘chirishda davom etishdi, ammo janub ham Isroil aviatsiyasi zarbalariga duchor bo‘lishda davom etdi. Foto: REUTERS/Hatem Khaled
Sentyabr oyi oxirida Florida shtatiga so‘nggi 100 yillikdagi eng kuchli bo‘ronlardan biri yopirildi. «Helen» nomini olgan uragan Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha to‘rtinchi toifagacha ko‘tarilgan, unda shamol tezligi soatiga 225 kilometrga yetadi. Tabiiy ofat ikki yuzdan ortiq kishi hayotiga zomin bo‘ldi.
Foto: Sean Rayford/Getty Images
30 oktyabr. Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida suv toshqini oqibatlari
David Ramos / Getty Images
2 noyabr. Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida suv toshqini oqibatlari
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Kamala Harris 5 noyabr kuni o‘tkazilgan saylovda yutqazdi. Respublikachi Donald Tramp ikkinchi bor Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti etib saylandi. Foto: AR/TASS
12 noyabr. Rossiyalik shifokor Nadejda Buyanova «armiya to‘g‘risidagi feyk» bo‘yicha besh yarim yilga qamaldi. Ukrainada halok bo‘lgan harbiyning bevasi uning ustidan chaqib bergan: go‘yoki Buyanova unga turmush o‘rtog‘i ukrainlarning «qonuniy nishoni» bo‘lganini aytgan
Pavel Bednyakov / AP / Scanpix / LETA
21 noyabr kuni Islandiya janubi-g‘arbidagi Reykyanes yarimorolida yil davomida yettinchi bor Sundxnukur vulqoni uyg‘ondi. Grindavik shahrida infratuzilmalar shikastlandi va aholining katta qismi vaqtincha evakuatsiya qilindi. Suratda Reykyanes yarimorolidagi trassaga oqib tushayotgan lava. Foto: YeRA/TASS
3 dekabr. Tbilisida «Gurjiston orzusi» hukmron partiyasiga qarshi miting. Oktyabr oyida o‘tkazilgan parlament saylovlarida ushbu partiya 50 foizdan ortiq ovoz bilan g‘alaba qozondi, muxolifatchilar esa ko‘plab soxtalashtirish holatlari haqida xabar bergan
Aleksandra Macharashvili
4 dekabrga o‘tar kechasi Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol muxolifatchilariga qarshi kurash doirasida harbiy holat joriy etishga urindi, aholi esa uning iste’fosini talab qilib mitingga chiqdi. ​​​​​​Foto: Kim Hong-ji /REUTERS
Asadlar sulolasining Suriyadagi hukmronligiga barham berildi. «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi boshqa ittifoqchilar bilan birgalikda noyabr oyi oxirida mamlakat shimolida yurish boshladi va qisqa muddatda Suriya armiyasini mag‘lub etdi. Isyonchilar birin-ketin asosiy shaharlarni qo‘lga kiritib, 8 dekabr kuni poytaxt Damashqqa ham kirib kelishdi. Bashar Asad Moskvaga qochdi.
Omar HAJ KADOUR / AFP
8 dekabr. Bashar Asad saroyida u ag‘darilganidan keyingi manzara
Hussein Malla / AP / Scanpix / LETA
11 dekabr. Bashar Asad ag‘darilgach, uning muxoliflari otasi, 1971 yilda diktatorlik rejimiga asos solgan Hafiz Asadning maqbarasiga o‘t qo‘yishdi
Aaref Watad / AFP / Scanpix / LETA
15 dekabr. Suriyada mahbuslar qiynoqqa solingan Sednaya qamoqxonasida halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish jarayoni. Asad rejimi ag‘darilgach, barcha mahbuslar ozodlikka chiqarib yuborilgan
Aris MESSINIS / AFP
19 dekabr. Luidji Manjione Nyu-Yorkka olib kelindi. U UnitedHealthcare sug‘urta kompaniyasi bosh direktori Brayan Tompsonni o‘ldirishda ayblanmoqda. Bu qotillik va keyinroq Manjione qahramonga aylantirilishi ko‘pchilikni Amerika sug‘urta tuzimi kamchiliklari haqida gapirishga undadi. Foto: Michael Nagle / Bloomberg / Getty Images
21 dekabr. Ko‘ngillilar Qora dengizda neft to‘kilishidan zararlangan qushlarga yordam ko‘rsatmoqda. Neft oqib ketishi 15 dekabr kuni Rossiyaning ikkita tankeri dovul tufayli halokatga uchrashi oqibatida ro‘y bergandi
Aleksey Mayshev / RIA Novosti / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
25 dekabr. «Ozarboyjon aviayo‘llari» yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqiniga quladi. Bortda 69 kishi bo‘lgan, shundan 38 nafari halok bo‘lgan. Samolyot Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi zarbasi tufayli boshqaruvni yo‘qotgan
Azamat Sarsenbayev / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid