AQSh Moliya vazirligi XXRdan kiberhujum haqida xabar berdi
AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy manfaatlarini ko‘zlagan hakerlar departamentning onlayn platformalari va hujjatlariga kirishga muvaffaq bo‘lishgan.
AQSh Moliya vazirligi Kongressdagi qonun chiqaruvchilarga hakerlardan biri, aftidan, Xitoy manfaatlaridan kelib chiqib, departamentning bir qator onlayn platformalari va hujjatlariga masofadan kirish imkonini beruvchi xavfsizlik kalitini qo‘lga kiritgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda 30 dekabr, dushanba kuni Reuters, AFP va The New York Times xabar berdi.
Vazirlik 8 dekabr kuni BeyondTrust dasturiy ta’minot ishlab chiqish xizmatlarini ko‘rsatuvchi uchinchi kompaniya tomonidan kiberhujum sodir etilgani haqida ogohlantirilgan.
Hujjatlar maxfiy emas edi
AQSh Moliya vazirligi buzg‘unchilik ta’sirini aniqlash uchun Federal tergovlar byurosi (FTB), razvedka hamjamiyati va boshqalar bilan ishlamoqda. Belgilangan tuzilma oflayn rejimga o‘tkazildi, hakerlar hali ham unga kirish huquqiga ega ekanligi haqida hech qanday dalil yo‘q, deya ma’lum qildi vazirlik.
Hujjatlar sirli emas, ammo gap «AT xavfsizligi sohasidagi jiddiy voqea» haqida ketyapti, deya xabar berdi Vashington.
Moliya idorasi keyingi 30 kun ichida qo‘shimcha ma’lumot beradi.
Mavzuga oid
16:05 / 20.12.2024
Ukraina davlat reyestrlari RFdan keng ko‘lamli kiberhujumga uchradi
16:48 / 24.11.2024
Xitoylik hakerlar AQShdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
13:23 / 19.11.2024
Germaniya TIV rahbari XXRni RFga harbiy yordam bermaslik haqida ogohlantirdi
14:42 / 20.08.2024