Jahon | 15:27 / 02.01.2025
3359
2 daqiqa o‘qiladi

Elchi: AQSh Rossiya bilan o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotga tayyor

Lin Treysi, shuningdek, 2025 yilda «tinch kelajak» uchun yechimlar topilishiga umid bildirdi.

Foto: Anadolu Agency

Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan mavjud kelishmovchiliklarga qaramay, konstruktiv va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotga tayyor. Bu haqda AQShning Rossiyadagi elchisi Linn Treysi ma’lum qildi.

«Diplomatik sa’y-harakatlarga katta ehtiyoj saqlanib qolyapti. Biz rossiyaliklar va amerikaliklar o‘rtasida mavjud aloqalarni saqlab qolish va yangi aloqalarni o‘rnatishda davom etishimiz kerak. Biz, shuningdek, ko‘plab masalalar bo‘yicha mavjud chuqur kelishmovchiliklarga qaramay, Rossiya hukumati vakillari bilan o‘zaro hurmatga asoslangan va konstruktiv muloqotga ochiqmiz», — deydi diplomat diplomatik missiyaning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida joylashtirilgan videoda.

Diplomat, shuningdek, 2025 yilda «tinch kelajak» yechimlari topilishiga umid bildirdi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov TASS agentligiga bergan intervyusida Moskva AQSh bilan siyosiy muloqotni tiklashga ochiq ekani, biroq Vashington birinchi qadamni qo‘yishi kerakligini aytgan edi.

Mavzuga oid