Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri raqamli kabellar o‘rnatilishi mumkin
Qatarning The Peninsula gazetasida "O‘zbekiston Qatar investorlari uchun muhim strategik hamkor" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Muallif maqolada sun’iy intellekt, portlar, aeroportlar va chegaralarni himoya qilish, yong‘in va qutqaruv, kiberxavfsizlik va kibertahdidlar kabi muhim mavzularni muhokama qilish uchun global liderlarni birlashtirgan Milipol Qatar ko‘rgazmasi haqida so‘z yuritadi.
Maqolada ta’kidlanishicha, 2024 yilda mazkur tadbirda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi yuqori darajali delegatsiya ishtirok etib, mamlakatning sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya strategiyalarini ilgari surdi.
"O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyoti ma’lumotlar markazlariga bo‘lgan talabni oshirib, sarmoya kiritish uchun keng yo‘l ochmoqda. Qatar ma’lumotlar markazlari va tegishli obektlarga strategik investitsiyalar kiritish orqali ushbu infratuzilmani kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin", - deyiladi nashrda.
The Peninsula gazetasiga ko‘ra, Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri raqamli kabellarni o‘rnatish tashabbuslari ma’lumotlar almashinuvini sezilarli darajada yaxshilashi, xalqaro raqamli almashinuvlar va telekommunikatsiya infratuzilmasiga sarmoya kiritish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin.
"O‘zbekiston axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasida o‘zining iste’dodlar zaxirasini faol rivojlantirmoqda, bu sohada 100 mingdan ortiq mutaxassislar ishlamoqda. "Bir million dasturchi" kabi tashabbuslar va Cisco and Coursera kabi yirik texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlik yuqori malakali mutaxassislarning doimiy tarmog‘ini yaratmoqda", - deb yozadi muallif.
Qayd etilishicha, Qatar korxonalari malakali ishchilarni autsorsing qilish va raqamli innovatsion loyihalarda hamkorlik qilish orqali O‘zbekistonning o‘sib borayotgan iste’dodlar jamg‘armasidan foyda olishadi.
Mavzuga oid
19:27 / 07.01.2025
Turkiya va Qatar Suriyaga ikkita suzuvchi elektr stansiya yuboradi
13:43 / 07.01.2025
Elisa kompaniyasi Finlandiya va Estoniya o‘rtasidagi kabellarni ta’mirladi
12:25 / 07.01.2025
G‘arb kabellar uzilishining oldini olish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi
12:43 / 30.12.2024