12:54 / 13.06.2015
1559

Kiyev yaqinidagi neft omborida chiqqan yong‘in butunlay o‘chirildi

Kiyev viloyati hududidagi Vasilevskiy tumanida joylashgan neft omborida 8 iyun kuni chiqqan yong‘in butunlay bartaraf etilgan. Bu haqda 112 Ukraina nashrida ma'lum qilingan.

"Voqea joyida o‘t o‘chirish ishlari tugatilib, tozalash ishlari boshlangan. Omborda qolgan yoqilg‘i olib chiqib ketiladi. Aholining xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlar olib boriladi. Boshqa omborlarda ham ehtiyot choralari kuchaytiriladi", deyiladi xabarda.

Voqea joyida har kuni 24 soat davomida FVV qoshidagi maxsus shtab nazoratda turishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kiyevdagi neft bazasidagi 900 kub sig‘imga ega uchta zaxira bochkasi yonishi natijasida bir nafar odamning jasadi topilgani va 3 nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top