20:36 / 19.06.2015
4096

Islom Karimov Turkiyaning sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan turk xalqiga ta'ziya bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Turkiyaning sobiq prezidenti Sulaymon Demirelning vafot etgani munosabati bilan o‘z hamdardligini bildirdi.

2015 yil 18 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Turkiyaning sobiq prezidenti va bosh vaziri Sulaymon Demirelning vafot etgani munosabati bilan ta'ziya bildirdi va Ta'ziyalar kitobida xotira yozuvini qoldirdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Turkiya elchisi Gyuner Erpul o‘z navbatida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning ushbu munosabat bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomiga yo‘llagan hamdardlik so‘zlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Top