19:02 / 24.06.2015
1931

Google asoschilaridan biri rafiqasi bilan ajrashdi

Google hammuassislaridan biri Sergey Brin turmush o‘rtog‘i, 23andMe xususiy biotexnologik kompaniyasi bosh direktori Anne Voyjitski bilan ajrashdi. Bu haqda Wopular nashri xabar bermoqda.
Ayni paytda Brin ClearAccessIP patent kompaniyasining asoschisi Nikol Shanaxan bilan uchrashib yuribdi. Juftlik 2015 yil o‘rtalarida Yamaykada turmush qurmoqchi.
Nikoh shartnomasining bekor qilinishidan so‘ng ularning shaxsiy daromadlari ko‘rsatkichlari qisman o‘zgaradi. 2015 yili Brinning aktivlari 30 mlrd dollarga baholangan edi.
Aytilishicha, juftlik amalda 2013 yildayoq ajrashib bo‘lgan. O‘shanda Brin Google Glass bo‘linmasida ishlayotgan Amanda Rozenberg bilan uchrashib yurganini tan olgan edi. Keyinchalik ularning aloqalari uzildi, lekin Brin rafiqasining oldiga qaytmadi. Shu bilan birga, ular yon qo‘shni bo‘lib qolmoqda.

Top