14:59 / 26.06.2015
4608

Paket ichida go‘dakni olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol yurtiga qaytarib yuborildi

Joriy yilning 5 aprelida Rossiyaning Yaroslavl shahrida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmish ayol paket ichida go‘dakni olib o‘tmoqchi bo‘lganda avtobus ichida qo‘lga olingan edi. Uni O‘zbekistonga deportatsiya qilish haqida qaror qilindi. Bu haqda Yarnovosti agentligi xabar bermoqda.
Ayol 90-raqamli yo‘nalish avtobusi ichida ketayotganda uning yonidagi sellofan paket ichidan bolaning yig‘isi eshitilgan. Avtobus yo‘lovchilari bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibotchilar paket ichida 6 kunlik bolaning borligini aniqlagan.
Aniqlanishicha, ayol tug‘ruqxonadan qochib ketgan. Uning yonida hech qanday hujjatlar bo‘lmagan.
Sud ayolni mamlakatda bo‘lish tartibini buzganlikda aybdor deb topdi. U ma'muriy jarima to‘laydi, shuningdek, Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi.
Bundan tashqari, ayolga yaqinda uch oylik bo‘lgan farzandini ko‘rish imkoni berildi. Bolakay ikki oydan beri onasini ko‘rmagani bois uni tanimadi.

Top