07:36 / 02.07.2015
3744

Nazarboyev rus tili Qozog‘istonga barqarorlikni saqlab qolishda yordam berganini aytdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Nazarboyev bilan asosiy narsalar haqida” deb nomlangan hujjatli filmda rus tilini saqlab qolish qarori mamlakatda barqarorlikni ta'minlashga yordam berganini ta'kidlab o‘tdi.

“Men to‘liq ishonamanki, boshqa yo‘ldan ketish mumkin emas. Hamma qozoqlar rus tilini yaxshi bilgan, chunki ular bu tilida ko‘proq mutolaa qilganlar, ko‘proq bilim olganlar va hokazo. Xullas, men xalqni rus tilini saqlab qolishga ishontirganman va u rozi bo‘lgan. Agar biz bunday qarorni qabul qilmaganimizda, hozir biz gapirayotgan va faxrlanayotgan barqarorligimizni unutsak ham bo‘lardi. Va men hali ham kimnidir tahqirlab, o‘z baxtini qurib bo‘lmaydi degan fikrimga amal qilaman. Shuningdek, bir millatni ikkinchi millat bilan taqqoslash mumkin emas”, deb aytdi Nazarboyev ushbu hujjatli filmda.

2013 yilda Nazarboyev qozoq jamoatchiligi zamon bilan hamnafas qadam tashlab, mamlakatda uchta til: qozoq, rus va ingliz tilini rivojlantirish kerakligiga undagan edi.

Top