18:01 / 02.07.2015
2874

Samarqandda mashinasida yo‘lovchini urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

2015 yilning 25 iyun kuni noma'lum haydovchi avtomashinani Samarqand shahrining Xo‘jasoat mahallasida boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan yo‘lovchi - samarqandlik 1997 yilda tug‘ilgan yigitni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.
Jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 
 
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Samarqand shahrida yashovchi fuqaro "Zil-45021" rusumli avtomashinada sodir etgani aniqlandi. Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Top