13:27 / 15.07.2015
9491

Toshkent va Moskva Islom Karimovning Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Rossiya Federatsiyasiga uyushtiriladigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashdi.

“Bugungi muzokaralarda biz O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga davlat tashrifini amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqishimiz mumkin”, – dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar chog‘ida.
Uning eslatib o‘tishicha, ushbu taklif Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Ufadagi ShHT sammiti doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida bildirilgan.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar yakuni muhokama qilindi.

Top