10:52 / 26.08.2015
4005

Donald Tramp matbuot anjumanidan jurnalistlardan birini haydab chiqardi

Amerikalik milliarder va AQSh prezidentligi uchun saylovda nomzod hisoblanmish Donald Tramp Ayova shtatining Dubyuke shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida Univision telekanali vakili bo‘lgan jurnalistni tadbir o‘tayotgan zaldan haydab chiqartirdi. Bu haqda Reyter xabar qilgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu jurnalist Trampga noqonuniy muhojirlarning AQShda tug‘ilgan farzandlariga fuqarolik berilishi masalasida savol berganidan keyin shunday voqea ro‘y bergan.

Tramp avvaliga undan o‘z navbati kelganida savol berishini so‘ragan, keyinroq esa qo‘riqchilarga jurnalistni olib chiqib tashlashni buyurgan.

Matbuot anjumani oxirida Tramp uni chaqirtirib, savolini boshqatdan berishini so‘ragan. Tramp jurnalist bu voqea uchun o‘zini aybdor his qilishi kerakligini ta'kidlab, unga savol berishda ortiqcha hissiyotlarga berilmaslikni tavsiya qilgan.

Top