15:51 / 09.09.2015
7924

Manba: Tojikiston terrorchilar bilan muzokara olib bormayapti

Tojikiston hukumati terrorchilar bilan hech qanday muzokara olib bormayapti. Bu haqda Romitda general Abduhalim Nazarzodaning tarafdorlariga qarshi aksilterror amaliyotini o‘tkazayotgan kuchlardagi manbaga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

“Biz terrorchilar bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazmayapmiz, agar ular o‘z ixtiyorlari bilan taslim bo‘lmasalar, yo‘q qilinadi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
OAVda hukumat isyonchi guruhlarga ultimatum qo‘ygani va muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqatgan edi. Ammo bu xabarlar inkor qilinmoqda.

Bundan tashqari, kecha prokuratura isyonchi generalga qarshi terrorchilik va vatanga xiyonat ayblovlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgani ma'lum qilindi.
Bugungi kunga qadar uning tarafdorlaridan 20 nafari o‘ldirildi, 72 nafari qo‘lga olindi. Romitda yashiringan Nazarzoda boshchiligidagi 7-8 kishi qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda.

Top