18:25 / 20.09.2015
4258

Bernama: O‘zbekiston ASeAN davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Malayziyaning Bernama davlat axborot agentligi O‘zbekistonning Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) mamlakatlari bilan aloqasiga bag‘ishlangan materialni e'lon qildi.

Unda qayd etilishicha, ASeANga a'zo 10 davlatning umumiy aholisi 600 mlndan ortadi va YaIM hajmi 2,4 trln dollarni tashkil etib, o‘zida dunyo iqtisodiyotining asosiy va yirik bozorlarini mujassam qiladi.

Qayd etilishicha, 2015 yildan tashkilot raisligini qo‘lga kirituvchi Malayziya Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa mintaqadagi hal qiluvchi ahamiyatga ega O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga katta e'tibor qaratmoqda.

“2014 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Malayzi o‘rtasidagi savdo aylanmasi 89 mln dollardan oshdi. Joriy yilda esa mazkur ko‘rsatkich 100 mln dollarni tashkil etishi kutilmoqda, – deya yozadi agentlik muxbiri, malayziyalik taniqli jurnalist Nabilloh Solih. – Ayni paytda 20dan ziyod Malayziya kompaniyalari O‘zbekistondagi neft-gaz sektori, mebel ishlab chiqarish, elektrotexnika sohasi, moliya tuzilmasi va boshqa ko‘plab jabhalarga mablag‘ kiritgan”.

Maqola yakunida ASeAN davlatlari va O‘zbekiston barcha sohalarda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish uchun katta imkoniyatlarga ega ekanligi qayd etiladi.

Top