17:36 / 20.09.2015
4127

Turkmanistonda tabiiy gazdan benzin ishlab chiqaruvchi dunyodagi yirik zavodlardan biri quriladi

Turkmaniston janubidagi Ahal viloyati Dervezin etrapida yiliga 1 mlrd 782 mln kub metr gazni qayta ishlab, 600 ming tonna A-92 markali EURO-5 ekologik standartlariga mos benzin ishlab chiqaruvchi dunyodagi yirik gaz-kimyo komplekslaridan biri bunyod etiladi.
Uning ishga tushirilishi 2018 yilga mo‘ljallangan, deya xabar bermoqda Infoabad.

Kompleks “Turkmangaz” Milliy konserni hamda Yaponiyaning “Kawasaki” va Turkiyaning “Rönesans Holding” kompaniyalari tomonidan tuzilgan konsorsium tomonidan bunyod etiladi. Zavodga Daniyaning “Haldor Topsoe” kompaniyasi zamonaviy texnologiyalari o‘rnatiladi.

Top