21:08 / 23.09.2015
3131

Rim papasi AQShdagi safari davomida oddiygina Fiat 500L avtomobilida harakatlanmoqda

22 sentabrda AQShga kelgan Rim papasi Frantsisk AQSh bo‘ylab kichkina va arzon Fiat 500L avtomobilida harakatlanmoqda, deb xabar bermoqda Asscociated Press axborot agentligi.

Agentlikning ta'kidlashicha, bu mashia unga hamrohlik qilayotgan xavfsizlik xizmati avtomobillari oldida deyarli sezilmayapti. Pontifik kamtarin turmush tarzini kechirishni afzal ko‘radi. Vatikanda u Ford Focus avtomobilidan foydalanadi. Pontifik Janubiy Koreyaga tashrifi paytida kichkina Kia avtomobilida harakatlangan edi.

Britaniyaning The Guardian nashri mualliflarining fikricha, safar uchun bunday avtomobillarning tanlanishi papaning atrof-muhitni muhofaza qilish ishini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.

Top