07:42 / 29.09.2015
3311

KUN.UZ dayjesti: 28 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 28 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Ukrainaliklar delegatsiyasi Putinning chiqishini o‘z bayroqlarini ko‘targan holda qarshilashdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi oldidan anjumanda qatnashayotgan Ukraina delegatsiyasi a'zolari ukrainlarning aftodahol bayrog‘ini namoyish etishdi. Bu holat tasviri rasmiy Kiyevning BMT qoshidagi vakili Yuriy Sergeyev tomonidan tvitterga joylashtirildi.

Laplandiyada niqobli kishilar 1 mln yevro miqdoridagi 40ta avtomobilni yoqib yuborishdi>>

Kamenmaada (Laplandiya provinsiyasi, Finlyandiya) o‘t qo‘yilishi natijasida avtosalon hududida turgan 40ta avtomobil yonib ketdi. Shu hudud yaqinida turgan ikki avtomobilga esa zarar yetdi, deb xabar beradi Ilta-Sanomat.

Putin: KGBning sobiq xodimlari bo‘lmaydi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “KGBning sobiq xodimlari bo‘lmaydi” degan fikrga qo‘shildi. Charli Rouzning u bilan CBS va PBS telekanallari uchun o‘tkazgan intervyusining stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.

Poroshenko Donbassda urushning har bir kuni Ukraina uchun qanchaga tushayotganini aytdi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Donbassdagi urush tufayli kuniga 5 mln dollar yo‘qotayotganini aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

Putin: Biz hammasini bilamiz>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada bo‘lib o‘tgan to‘polonlar hamda ushbu mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni hokimiyatdan ketkazishda AQShning qo‘li borligini “aniq biladi”. Bu haqda u amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Putin: Suriyadagi jangarilarga qarshi kurashish ularning Rossiyaga qaytishini kutishdan yaxshiroq>>

Rossiya uchun Sobiq Ittifoq hududidan chiqib, Suriya hududida urush olib borayotgan jangarilar bilan kurashish ularning ortga qaytishini kutishdan yaxshiroq. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikaning CBS va PBS telekanallari uchun jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida shunday dedi.

Issiqko‘lda yashovchi ayol o‘z chaqalog‘ini Rossiya fuqarosiga 50 ming som evaziga sotgani aniqlandi>>

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati prokuraturasi mahalliy tug‘ruqxonalardan birida chaqaloqlarning sotilishi bo‘yicha jinoiy ish ochdi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Eron “Muhammad – Allohning elchisi” filmini Oskar mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi>>

Eron rejissyor Majid Majidiyning “Muhammad – Allohning elchisi” filmini Oskar mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Film “Chet tilidagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Top