00:48 / 30.09.2015
2709

2018 yilgi jahon chempionatining Falastin-Saudiya Arabistoni saralash uchrashuvi Iordaniyaga ko‘chirildi

FIFA 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Falastin va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi uchrashuvni Falastinning Ramalloh shahridan Iordaniya poytaxti Ommanga ko‘chirdi. Bu haqda CNN telekanali ma'lum qildi.

FIFA Saudiya Arabistoni terma jamoasining Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan Falastinga borish uchun jamoa futbolchilari Isroil tomonidan nazorat qilinuvchi chegaradan o‘tishga majbur bo‘lishlari borasidagi e'tirozi sababli bunday qarorni qabul qildi.

Falastin futbol uyushmasi Jabroil Rajab bu qarordan karaxt holga tushgan va uni adolatsiz va noxolis deb atagan. Rajabning aytishicha, Falastin tomoni Saudiya Arabistoni terma jamoasini Ommandan Ramallohga vertolyotda olib o‘tishni taklif qilgan.

Top