12:25 / 02.10.2015
3929

2015 yili AQShda 294ta yirik otishma sodir bo‘ldi

2015 yilning o‘tgan 274 kuni davomida AQShda 294ta yirik otishma sodir bo‘ldi. The Washington Post nashrining yozishicha, bu sonni chiqarishda faqat 4 yoki undan ortiq kishining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan hodisalar hisobga olingan.

“Charlston (Janubiy Karolina), Lafayyett (Luiziana), Virginiya. Endi Rouzburg (Oregon). Ammo shovshuvga sabab bo‘lgan bu ishlarning soyasida bizning ko‘pchiligimiz hech qachon eshitmagan, har kuni sodir bo‘ladigan yuzlab mayda otishmalar qolib ketmoqda”, - deb yozadi nashr.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilda o‘qotar qurol qo‘llangan barcha katta-kichik hodisalar adadi 40 mingdan oshgan, ularda 10 ming kishi halok bo‘lgan, 20 ming kishi jarohat olgan.

Top