10:21 / 04.10.2015
5313

BMT shtab-kvartirasida Bosh Assambleyaning umumsiyosiy munozaralari nihoyasiga yetdi

BMT Bosh Assambleyasining umumsiyosiy munozaralarga boy 70-sessiyasi tashkilotning shtab-kvartirasida o‘z nihoyasiga yetdi. Olti kunlik depatlar va barqaror rivojlanish yo‘lidagi uch kunlik sammitning yakunlanganligi haqida, Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi raisi Mogens Lyukketoft ma'lum qildi.
Lyukketoftning ta'kidlashicha, Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi “judayam og‘ir kechdi” va diqqat markazda turgan qator muammolar yechimiga javob topildi.
Olti kun davomida Bosh Assambleya minbariga 150 davlat va hukumatning rahbarlari hamda o‘nlab tashqi ishlar vazirlari ko‘tarilgan. Munozaralar kunining birinchisidayoq barchaning diqqat markazida Suriya va Iroqdagi IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish g‘oyasi bilan chiqqan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bo‘ldi.
Suriya mavzusi bevosita Yevropadagi muhojirlar inqiroziga borib taqalib, kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘ldi. Bu masalaga 30 sentabrda bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlarining Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Xavsizlik Kengashi borasida olib borgan munozaralari ulanib ketdi. Aynan shu kuni rasmiy Damashqning so‘roviga javoban Rossiya Suriyadagi IShID marralariga aviazarbalar berishni boshlaganini e'lon qildi.

Umumsiyosiy munozaralar bilan bir paytda shtab-kvartirada Livan, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Sudandagi inqirozlar, yadro quroli bilan bog‘liq masalalar, tinchlik va xavfsizlikni saqlash va boshqa ko‘plab masalalarda yuqori saviyadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. AQSh rahbari Barak Obama sammitda tinchlikni saqlash borasida va terrorchilarga qarshi kurashishdagi o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Top