15:20 / 05.10.2015
3333

Gongkongning sobiq rahbariga poraxo‘rlik bo‘yicha ikki ayblov e'lon qilindi

Gongkong ma'muriyatining sobiq rahbari Donald Tsang ikkita korruptsion jinoyatda ayblanmoqda. Bu haqda Bloomberg mamlakatning Poraxo‘rlikka qarshi mustaqil komissiyasi ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Tsang turar-joy binolarini ijaraga qo‘yish va sotish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar doirasida davlat mablag‘larini o‘zlashtirgan.
“So‘nggi uch yarim yil mobaynida men to‘liq hajmda Poraxo‘rlikka qarshi mustaqil komissiyaga ko‘mak ko‘rsatib keldim.

Mening vijdonim toza. Aniq aminmanki, barcha jarayonlardan so‘ng sud meni oqlaydi”, - dedi o‘z navbatida Tsang. Unga nisbatan qo‘llanilgan ayblovlardan so‘ng Tsang garov evaziga qo‘yib yuborildi.

2012 yilda Tsangga nisbatan tergov ishlari olib borilayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar oshkor bo‘lganidan so‘ng shaharda ikki kun norozilik namoyishlari o‘tkazilib, uning qatnashchilari Tsangning iste'foga chiqishini talab qilishdi. 2014 yil dekabrida esa Gongkong sudi shaharning sobiq bosh kotibini besh jinoyat, jumladan, poraxo‘rlikda aybdor deb topdi.

Top