00:06 / 16.10.2015
3076

NATO bosh kotibi AQShning Afg‘onistonda o‘z qo‘shinlarini qoldirish qarorini ma'qulladi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg AQSh prezidenti Barak Obamaning Afg‘onistonda 2016 yildan keyin ham AQSh qo‘shinlari qoldirilishi haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Men Obamaning AQSh Afg‘onistonda o‘z qo‘shinlarini 2016 yilda ham hozirdagi darajada hamda 2016 yildan keyin ham anchagina miqdorda qoldirish borasidagi qarorini ijobiy qarshilayman”, deb aytdi Stoltenberg.

Stoltenbergning aytishicha, bu qaror NATO va uning ittifoqchilarining Afg‘onistonda barqaror ishtirokini ta'minlashga imkon beradi.

Avvalroq Obama 2016 yilning aksariyat qismida AQShning 9,8 ming askari Afg‘onistonda bo‘lishini ma'lum qilgandi.

Top