15:55 / 16.10.2015
3841

Putin 2017 yilni MDHda Oila yili deb e'lon qilish taklifini bildirdi

Rossiya 2017 yilni MDH davlatlarida Oila yili deb e'lon qilinishini taklif qildi. Bu haqda RF Vladimir Putin MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ma'lum qildi, deb yozadi TASS.

«Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni yana mustahkamlash uchun 2017 yilni MDHda Oila yili deb e'lon qilinishi yordam beradi deb o‘ylayman», - deya ta'kidladi Rossiya prezidenti.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, yillarning tematik nom ostida o‘tkazish amaliyoti ijobiy samara berdi. Rossiya rahbari misol sifatida 2016 yilning Ta'lim yili bo‘lishini eslatib o‘tdi.

Umuman olganda, gumanitar hamkorlikni mustahkamlashni, Putin, MDHning an'anaviy ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta'kidlab o‘tdi.

«Yorqin loyihalardan biri sifatida «Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining madaniy poytaxti» dasturini ko‘rsatish mumkin. Bu xalqlarimizning an'analari bilan tanishish va turizmni rivojlantirish uchun xizmat qiladi», dedi RF yetakchisi.

Putin bu yilgi «Madaniy poytaxt» sifatida Tojikistonning Ko‘lob va Rossiyaning Voronej shaharlari ekanini eslata turib, 2016 yilda Turkmanistonning Toshhovuz shahri 2016 yilgi madaniy poytaxt bo‘lishi qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tdi.

Top