14:08 / 25.10.2015
2681

Finlyandiya prezidenti qochqinlarga til o‘rganishda "Donald Dak" komikslaridan foydalanishni maslahat qildi

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo mamlakat hududiga kirib kelgan qochqinlarga fin tilini tez o‘zlashtirishning oson yo‘lini taklif qildi.

Ilta Sanomat nashrida yozilishicha, prezident qochqinlarga bu borada fin tilidagi komikslar yaxshi yordam berishini aytgan.

U Xelsinkidagi kitob yarmarkasidagi ishtiroki vaqtida finlar orasida mashhur hisoblangan "Donald Dak" va "Yetti bahodir" nomlik komikslarni qochqinlar uchun tavsiya qilgan.

"Donald Dak haqidagi bir qator komikslar qochqinlarga tilni o‘rganishda asqotishi mumkin", deydi prezident.

U shuningdek, "Yetti bahodir" romani ham haqiqiy fin tilida yozilganini aytib, uni qochqinlar uchun juda foydali ekanini ta'kidlagan.

Top