11:07 / 08.11.2015
6503

OAV: A321ni urib tushirishda gumon qilinayotgan terrorchilar Britaniya shevasida gapirgan

Muhokamalari Buyuk Britaniya razvedkasi tomonidan tutib eshitilgan hamda shu asosda ularning A321 samolyotini urib tushirishda ishtirok etganligi gumon qilinayotgan terrorchilar Britaniya shevasida gapirgan. Bu haqda Daily Telegraph nashri yozmoqda.

“Ayni paytda paydo bo‘layotgan xabarlarga qaraganda, jihodchilaning Britaniya razvedkasi yozib olgan suhbatlari Britaniya shevasida gapirgan”, - deyiladi xabarnomada.

“Biz hozir bu xabarlarning mustaqil ekspertizasini o‘tkaza olmaymiz, ammo bu haqiqat bo‘lsa, unda bu IShID tarkibiga Britaniyadan kelib qo‘shilayotgan jangarilar muammosini yanada o‘tkirlashtiradi”, - dedi nashrga ma'lumot bergan manba.
Ilgariroq Britaniya hukumati o‘zi to‘plagan ma'lumotlar asosida Rossiyaning Misrda qulagan samolyoti halokatiga terakt sabab bo‘lganini e'tirof etgan edi.

Top