15:33 / 10.11.2015
4311

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlarining 51 foizi MDH davlatlariga chiqariladi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlarining 51 foizi MDH davlatlariga chiqariladi. Bu haqdagi ma'lumot IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi chog‘ida aytib o‘tildi.

Ikkinchi o‘rinda, “O‘zbekengilsanoat” AJ ma'lumotlariga qaraganda, Sharqiy Osiyo davlatlari turibdi – ularga 21 foiz mahsulotlar eksport qilinadi.

Yevropalik iste'molchilarga esa O‘zbekiston fabrikalari mahsulotlarining 12 foizi yetkazib beriladi. Yaqin Sharq va Afrikaga O‘zbekiston tekstilining 8 foizi, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyoga esa 3 foizi eksport qilinadi.

Top