20:39 / 15.11.2015
3224

Andijonlik futbolchilar Buxoro shahrida o‘tkazilgan Respublika turnirida g‘olib bo‘ldi

Andijonda yetishib chiqayotgan yosh futbolchilarning Respublika miqyosidagi turli musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘layotgani tahsinga loyiq.
7-13 noyabr kunlari Buxoro shahrida Oliy va Birinchi liga jamoalari futbol maktablari o‘rtasida mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada yurtimizning turli viloyat va shaharlaridan tashrif buyurgan yosh futbol jamoalari ishtirok etdi.


Andijonlik futbolchilar turnir davomida “Mash'al” klubi tarbiyalanuvchilarini 1:0, “Buxoro” ni 2:0, “Obod” jamoasini 1:0 hisobida yengib, final bahsiga yo‘l oldi.
Murosasiz kechgan final uchrashuvi - “Buxoro” - “Andijon” o‘yinining asosiy vaqtida hisob ochilmay, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. O‘ziga hos “futbol lotoreyasi”da andijonliklar 6:7 hisobida uloqni olib ketdilar.


Andijon shahridagi futbol bo‘yicha ixtisoslashgan maktab-internatida g‘oliblarni kutib olish marosimi o‘tkazildi. Marosimda so‘z olgan Andijon viloyat futbol federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov, maktab-internati direktori Nasibullo Madrahimov hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari g‘olib jamoa vakillarini erishgan yutuqlari bilan tabrikladilar.

Muallif: Elmurod ERMATOV, Andijon.

Top