16:56 / 09.12.2015
3379

AQSh Davlat kotibi Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga borishni rejalashtirmoqda

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri kelgusi haftada rasmiy tashrif bilan Moskvaga borishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi, deya xabar berdi Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif jarayonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni maqsad qilgan. Uchrashuv mobaynida esa Kerri Ukraina va Suriyadagi inqirozni siyosiy jihatdan hal etish masalalarini muhokama etadi.

“Bir haftadan keyin Moskvaga yo‘l olib, u (Vladimir Putin. – “Kun.uz”) va Lavrov bilan Ukraina va Suriya masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazmoqchiman”, - dedi Kerri.

Top