09:51 / 12.12.2015
6163

Fidel Kastro: Rossiya va Xitoy AQShga qaraganda xalqaro muammolarni yaxshi hal qiladi

Rossiya va Xitoy AQShga qaraganda dunyoni yaxshi biladi. Bu fikrni Kuba inqilobining tarixiy yetakchisi Fidel Kastro bildirib o‘tgan.

"Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Qo‘shma Shtatlarga ko‘ra dunyodagi muammolarni yaxshi tushunadi. Chunki ular fashizm deb nomlangan illatni boshdan kechirgan”, - deb yozadi Kastro maqolada.

Uning bu fikriga Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ham qo‘shilgan.
2006 yilda o‘z lavozimidan ketgan Kubaning sobiq yetakchisi Venesuelaning yagona sotsial partiyasiga yuksak baho bergan. "Bugun mamlakatning asosiy tarmog‘ini millionlab bolalar va yoshlar tashkil etadi. Shu bilan birga, xalqning salomatligi ustida qayg‘urayotgan sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ham alohida e'tirof etish zarur”, - dedi muallif maqolasida.

Top