20:07 / 13.12.2015
4864

"Barselona" klublar o‘rtasidagi JCh yarim finalida "Guanchjou Evergrand" bilan o‘ynaydi

"Barselona" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yaponiyaga yo‘l oldi.

Jamoa bu turnir yarim finalida "Guanchjou Evergrand"ga qarshi maydonga tushadi.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 23 futbolchi bilan safarga chiqqan. Jamoaga yoshlar jamoasi tarkibidan Serxi Samper va Xerard Gumbau jalb qilingan.

Yaponiya safariga yo‘l olganlar orasida Arda Turan va Aleysh Vidal ham bor. Bu futbolchilar yozda sotib olingan edi, ammo FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiq tufayli qishki transfer mavsumiga qadar maydonga tusha olmay kelmoqda.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yarim final ishtirokchilari ma'lum bo‘lgan.

Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi "Amerika"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalda "Barselona"ga qarshi to‘p suradigan bo‘ldi. Yarim finalning ikkinchi juftligida "River Pleyt" klubi "Sanfrenche Xirosima" bilan o‘ynaydi. Yaponiyaliklar birinchi o‘yinda Kongo vakili "Mazembe"ni 3:0 hisobida yengishdi.

Yarim final bahslari 16 va 17 dekabr kunlariga belgilangan.

Dastlab, 16 dekabr kuni "Sanfrechchi Xirosima" va "River Pleyt" uchrashuvi o‘tkaziladi.
17 dekabr kuni "Barselona" va "Guanchjou" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi.

Top