17:52 / 15.12.2015
11769

Fors ko‘rfazi davlatlari g‘aznani to‘ldirish yo‘lini topdilar

Neft narxining tushib ketishi va Yamandagi urush tufayli Fors ko‘rfazi davlatlari birinchi marta oddiy fuqarolarga ta'sir o‘tkazuvchi soliqlarni joriy etishga majbur bo‘lmoqda.

Ko‘rfaz davlatlari hamkorligi kengashi (GCC, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt, Qatar, BAA, Ummon) qo‘shimcha qiymat solig‘ini joriy qilishga qaror qildi. Bu haqda BAA moliya vaziri o‘rinbosari Yunus Hoji al-Xuriy GCC iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra rasman bayonot berdi.

Bunday o‘zgarishning sababi neft monarxiyalarining puldan qiynala boshlaganidadir. Neft narxidan tashqari, bunga Yamanda davom etayotgan harbiy operatsiya ham ta'sir o‘tkazmoqda. Iroq va Suriyadagi vaziyat tufayli u haqda hozir jahon matbuoti kamroq yozmoqda, lekin Yamanda ham har kuni qon to‘kilishda davom etmoqda.

Top