16:18 / 03.03.2016
3758

Qozog‘istonning Ostona shahrida qurollangan erkak ikki politsiyachiga qarata o‘t ochdi

27 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 22.10 da Ostona shahri yo‘l-patrul xizmati xodimlari tumanda joylashgan sanoat zonasida o‘g‘irlik bo‘lgani haqida xabar olishdi. U yerda joylashgan vagonlarda yashovchi shaxslarning hujjatlari tekshirilayotgan bir paytda, noma'lum erkak kishi politsiyachilarni o‘qqa tutgan.

Voqea joyida zudlik bilan olib borilgan operatsiya natijasida 43 yoshli Qarag‘anda viloyatida tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, jinoyatchi muqaddam sudlangan bo‘lib, qotillikda ayblanib sud qilingan ekan.

Ko‘plab olingan jarohatlar tufayli politsiya xodimlari tibbiyot muassasiga yotqizilgan. Politsiya starshinasi Maral Turg‘unboyevning to‘rt joyiga, politsiya serjanti Yerbolat Rispekovning esa ikki joyiga jarohat yetgan.

Poytaxt politsiyasi departamenti boshlig‘i Amantay Aubakirovning so‘ziga ko‘ra, ushbu politsiyachilarga va ularning oilasiga barcha zarur yordam ko‘rsatiladi.

Top