«Men uyda bo‘lishim zarur...»
Mirzamurod Mirzayev Buxoro viloyatining ajoyib va maftunkor Romiton shahrida tug‘ilgan. Uzoq orzu-umidlar bilan kutilgan kichkintoy yurak xastaligi bilan tug‘ildi. Shifokorlar unda aniqlangan yurak qorinchalari o‘rtasidagi parda nuqsonini vaqti kelib olib tashlaydilar, degan umid oilada so‘nmas edi. Lekin Mirzamurod o‘n bir yoshga tulganida yurak pardalari o‘rtasidagi g‘ayritabiiy teshik kattalashib, 11 sm ga yetdi. Bu yurak pardalari orasidagi teshikning ekstremal hajmi edi va shu sababdan shifokorlar zudlik bilan operatsiya qilishni talab qilishdi.
Taqdir taqozosi bilan oila Novosibirsk shahriga borib qoldi. U yerdagi shifokorlar ham operatsiya qilishni taklif etdilar, lekin Mirzamurodning onasi Qunduzning aytishicha, hech qanday kafolat berilmadi.
Yurak qorinchalari o‘rtasidagi parda nuqsonini tuzatish operatsiyasi - eng ko‘p o‘tkaziladigan, shu sababdan eng yaxshi o‘rganilgan jarrohlik uslublaridan hisoblanadi. Lekin bola yurak xastaligidan holsizlangan bo‘lsa, vaznida kamomad aniqlansa, parda nuqsoni katta bo‘lsa, ochiq yurakda, sun'iy qon aylantirish uskunasiga bolani ulab, operatsiya qilish, albatta, xavfli hol. Ota-ona tavakkalga ishonmadilar va vataniga qaytdilar. Ozgina vaqt o‘tgach, Mirzamurodning otasi tirikchilik ishlari bilan ketdi va shundan beri undan hech bir xabar yo‘q.
Vaqt oqib ketaverdi, shu bilan birga, yurak operatsiya qilish uchun mutlaqo yaroqsiz bo‘lib qolishi xavfi ham oshib boraverdi. Bu xastalikning shunday bir yomon xususiyati bor - bir nuqtaga kelib, yurak jarrohlik uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Lekin turmush o‘rtog‘isiz qolgan Qunduz uchun yana bir to‘siq paydo bo‘ldi - ochiq yurakda operatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan maxsus qimmatbaho oksigenator uskunasiga pul yetishmasdi.
To‘g‘ri, O‘zbekistonda bolalarni davolash bepul, lekin, afsuski, hamma muhtojlarga ham oksigenatorlar yetishmaydi...
Mirzamurod tug‘ilib-o‘sgan Romitonda Xo‘ja Azizonning maqbarasi bor - afsonalarga ko‘ra, u zot butkul bechora bo‘lib qolgan insonlarga ham shifo keltirgan. «Men mo‘'jizaga ishondim va u ro‘yobga chiqdi - oddiy, lekin mehribon insonlar harakati bilan», - deydi Mirzamurodning onasi.
Operatsiyaga zarur bo‘lgan oksigenatorlar «Sochnaya dolina» savdo belgisi 2015 yilning noyabrida o‘tkazgan «Hayotlarni birga qutqaraylik!» aksiyasi davomida to‘plangan mablag‘lar hisobidan xarid qilindi. Noyabr oyi mobaynida har bir sotilgan sharbat qutisidan tushgan pulning bir qismi og‘ir xastalikka chalingan bolalarni operatsiya qilish uchun jamlandi. Aktsiya 15 nafar bolaning operatsiyasiga yetarli pul mablag‘i to‘pladi.
Jamlangan mablag‘ Toshkent pediatriya institutining shifoxonasi hisob raqamiga o‘tkazildi va shu yerda operatsiyalar o‘tkazildi. Oksigenatorlar va boshqa zarur bo‘lgan dori-darmon hamda ashyolarni izlab topish, xarid qilish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq tashvishlarni institut boshqaruvi o‘z zimmasiga oldi. O‘z bemorlarini tug‘ilgan kunidan yoki tashhis qo‘yilganidan beri tanigan shifokorlar ularning oilaviy ahvollari, ota-onalarining imkoniyatlarini ham yaxshi biladilar. Shu sababdan shifokorlarning o‘zlari kam ta'minlangan oilalarda istiqomat qiluvchi va operatsiyaga o‘ta muhtoj 15 nafar bolakayni tavsiya etishdi.
Mirzamurod operatsiya xonasiga mardlarcha kirganini, shifokorlarning barcha ko‘rsatmalarini bajarganligi, shifokor iltimosiga ko‘ra zavq bilan o‘ngacha sanab boshlab, beshga ham yetmay uxlab qolganini so‘zlab berdi.
«Bilasizmi, men uyga ketishim kerak, bog‘imizda o‘rik, shaftoli, uzum bor. Yettita qo‘yim ham meni kutib qoldi. Siz xafa bo‘lmangku, lekin ketishim kerak – men uyda bo‘lishim zarur...», deydi Mirzamurod, xayrlashuv chog‘ida. Bolalar kardiojarrohlik markazi shifokorlarining aytishlaricha operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va bir-ikki yildan so‘ng faqat ko‘kragidagi chandiq Mirzamurodga operatsiya o‘tkazilganligini eslatib turadi.
Bu o‘n beshta «Yurak hikoyalari»dan o‘n birinchisi va hali bularning davomi bor.
Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»
Yurak hikoyalari. Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»
Yurak hikoyalari. Uchinchi hikoya: «Ura, men operatsiyaga boraman!»
Yurak hikoyalari. To‘rtinchi hikoya: «Qo‘lbola mo‘'jiza»
Yurak hikoyalari. Beshinchi hikoya: Ona: O‘g‘ilchamning yurakchasi urayaptimi, degan xavotirda uyg‘onib, qulog‘imni ko‘kragiga qo‘yib eshitmagan kecha bo‘lmasa kerak
Yurak hikoyalari. Oltinchi hikoya: Oltinchi hikoya: «Tanishlar u hali ham hayotmi deb, ajablanishar edi...»
Yurak hikoyalari. Sakkizinchi hikoya: «Evrika, meni tuzatishdi!»
Yurak hikoyalari. To‘qqizinchi hikoya: Hamma baxtli bo‘lsin!
Reklama huquqlari asosida.