16:02 / 08.04.2016
1458

Kim Chen In yirik mashinasozlik zavodiga kichik singlisi bilan birga tashrif buyurdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 7 aprel kuni 2013 yilda o‘z farmoniga binoan barpo etilgan yirik mashinasozlik zavodiga tashrif uyushtirdi. U tashrifi chog‘ida o‘ta zamonaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish lozimligiga e'tibor qaratgan. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar qilgan.

Kim Chen In ishlab chiqarish jarayonini kuzatib, yig‘uv sexlarida bo‘lgan, zavod qoshidagi elektron kutubxona faoliyati bilan tanishgan.

Kim Chen Inga safari mobaynida Shimoliy Koreya hukmron partiyasi arboblari, xususan singlisi Kim Yo Chjon hamrohlik qilgan.

Aytish joizki, KXDR rahbari shu yil boshidan beri noharbiy iqtisodiy ishootlarni tez-tez borib ko‘rmoqda.

Top