Toshkentda 9 va 13-tramvaylar harakati 22 apreldan to‘xtatiladi
22 aprel kunidan boshlab Toshkent shahridagi tramvay yo‘nalishlari soni 2ta qoladi. Uz24 saytining «Toshshahartransxizmat»ga asoslanib xabar berishicha, Toshkent shahridagi 9- va 13-tramvay yo‘nalishlari faoliyati 22 apreldan butunlay to‘xtatiladi.
Ushbu yo‘nalishlarni tugatish haqidagi buyruq bugun, 21 aprel kuni chiqarilgan.
17- va 8-tramvaylar faoliyati taxminan 1 iyunga qadar davom etishi aytilgan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, tramvay depolari xizmatchilari qayta tayyorgarlikdan o‘tib, Toshkent metropolitenida yoki «Toshshahartransxizmat»ning boshqa bo‘linmalarida ish bilan ta'minlanishi ko‘zda tutilgan.
Toshkent shahri hokimiyati Toshkent shahridagi 6ta tramvay yo‘nalishlari faoliyati to‘xtatilishi haqida mart oyi oxirida ma'lum qilgandi.
12 aprel kuni Toshkent shahrida №12 yo‘nalishi («Beshqayrog‘och» dahasidan «Beruniy» metrosigacha) va №26 yo‘nalishi («Qo‘yliq-6» dan «Toshkent» vokzaligacha) bo‘yicha harakatlanadigan tramvaylar harakati to‘xtatildi. Natijada, shaharda faqat 4ta tramvay yo‘nalishi qoldi.
Keyinroq 20 apreldan boshlab 9-raqamli («Toshkent» vokzali — «Chilonzor-26» dahasi) va 13-raqamli («Toshkent» vokzali — «Qo‘yliq markazi») yo‘nalishdagi tramvaylar harakatlanishdan to‘xtashi haqida xabar berildi.
Ammo bu xabar amalda isbotini topmadi — 20 aprel kuni tramvaylar qatnovni davom ettirdi.
Shu tariqa, shaharda 115 yildan buyon harakatlanib kelayotgan tramvaylar 2010 yilning bahorida yopilgan trolleybuslar ortidan tarixga aylanmoqda. Buning sababi sifatida ularning jamoat transportining boshqa turlariga nisbatan «samarasiz» ekanligi keltirilgan.
Shu oydan boshlab tramvaylar harakatlangan yo‘nalishlarda mos ravishda T8, T9, T13 kabi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu yo‘nalishlarda Isuzu avtobuslaridan foydalanilmoqda. Sentyabr oyi oxirigacha shahar hokimiyati 80ta shunday avtobuslar sotib olib, har bir yo‘nalishga 10tadan 18tagacha avtoulov qo‘yishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025