Texnologii | 11:36 / 14.05.2016
10566
5 daqiqa o‘qiladi

LG G5 SE smartfoni hamda uning Do‘stlari to‘g‘risida eng qiziqarli ma'lumotlrni bilib oling

Birinchi modul smartfonining paydo bo‘lishi haqidagi yangilik mobil texnologiyalar olamida keskin burilish yasadi. Modulli konsepsiya qurilish, kiyimlar dizayni, mebel yasashda allaqachon qo‘llana boshlaganiga qaramasdan, ko‘pvazifali smartfon ilk marta LG Electronics kompaniyasi tomonidan WMC – 2016 ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Ekspert jyuri a'zolarining fikriga ko‘ra, ko‘rgazmada taqdim etilgan uskunalar ichida eng yaxshisi deb topildi va “Eng yaxshi mobil telefonlar va uskunalar” nominatsiyasida faxrli birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. 
S pomoshchyu dopolnitelnyx moduley, razrabotannyx spetsialno dlya novogo flagmana, polzovateli poluchayut unikalnyye vozmojnosti po rasshireniyu standartnyx, predusmotrennyx v smartfone. Nekotoryye iz Vas poka yeshche ne znakomy s modulnym dizaynom, predusmotrev eto, spetsialisty podgotovili dlya Vas otvety na samyye aktualnyye voprosy o smartfone.
Aynan yangi flagman uchun maxsus ishlab chiqilgan LG Friends to‘ldiruvchi modullari yordamida foydalanuvchilar smartfonda ko‘zda tutilgan standart vazifalarni kengaytirish noyob imkoniyatiga ega bo‘ladi. Orangizda ayrim insonlar hali modul dizayni bilan tanish emas, shuni inobatga olib, LG mutaxassislari tomonidan Siz uchun LG G5 SE smartfoni to‘g‘risida eng ommabop savollarga javob tayyorlangan. 

Modul tipidagi batareyani qanday olish mumkin?

“Modulni chiqarish” tugmasini bosing va korpusdan modulni chiqarib oling. Shunda Siz batareyani soat millariga qarshi yo‘nalishda osongina sug‘urib olasiz. 

G5 SE smartfonining to‘liq metallik korpusi ortida qanday texnologiya yashiringan?

LG G5 SE to‘liq metallik korpusi LM201 o‘ta mustahkam materialidan yasalgan. Bu material zanglashga qarshi yuqori chidalilikka ega va juda chidamli hisoblanadi. Turfa ranglar kiritish, shu bilan birga asl metallning ajoyib xususiyati yo‘qolmasligi uchun Microdizing amaliyoti qo‘llangan.

Haddan ortiq yorqin sharoitda ekrandagi tasvirlarni anitiniq ko‘rish mumkinmi?

LG G5 SE smartfonining Daylight rejimi ekran yorqinligini bir zumda tartibga soladi, shuning evaziga foydalanuvchilar ochiq havoda ham tasvirlarni ravshan ko‘ra oladilar

B&O PLAY bilan boyitilgan Hi-FiPlus boshqa uskunalar bilan moslasha oladimi?

Albatta. Ushbu modul uning komplekti takibidagi USB Type-B kabeli orqali boshqa smartfonlar, mobil uskunalar va shaxsiy kompyuterlar bilan kirisha oladi. 

LG G5 SE smartfonida antenna chiziqlaridan qanday qutuldi?

ShinyCut texnologiyasini qo‘llash va Microdizing amaliyotini kiritish evaziga LG kompaniyasi G5 SE smartfonida antenna chiziqlari va kesmalarini yashirishga muvaffaq bo‘ldi. 

G5 SE smartfoni akkumulyator zaryadkasi uchu mo‘ljallangan tagligi batareya tashqi blogi sifatida qo‘llanishi mumkinmi?

Albatta! Akkumulyatorni quvvatlash tagligi USB Type-A hamda USB Type-C bilan boyitilgani evaziga u batareya tashqi blogi sifatida ham qo‘llanishi mumkin.

G5 SE va uning Do‘stlari boshqa smartfonlar bilan moslasha oladimi?

LG CAM Plus va LG 360 VR “do‘stlar”dan tashqari barcha LG G5 SE smartfonining barcha Do‘stlari boshqa smartfonlar bilan “kelisha oladi”. Shunday bo‘lsa ham, Sizdan iltimos, mos kelish-kelmiasligini ularni ulagunga qadar tekshirib oling. Chunki operatsion tizim versiyasiga aloqador farqlar bo‘lishi mumkin. 

AppDrawer ilovasini qanday topish mumkin?

LG Home 5.0 yordamida foydalanuvchilar keraksiz ilovalarni osongina o‘chirishlari yoki o‘chirilgan ilovalarni qayta tiklashlari mumkin. AppDrawer ilovasidan foydalanishni xush ko‘ruvchilar LG SmartWorld orqali LG Home 4.0’ni yuklab olishlari mumkin. 

Smartfon o‘chiq holatda bo‘lganda batareya sig‘imi kamayadimi?

Telefon yoqilgach, batareya zaryadi darajasi pasaygani to‘g‘risida bir necha murojaatlar bo‘lgan. Batareya zaryadi darajasi har yarim soatda yangilanishini inobatga olinsa, ko‘rsatkich asl holatdan balandroq keltirilgan bo‘lishi mumkin. Bu -  Android bazasi asosidagi smartfonlar uchun odatiy holat hisoblanadi. 

G5 SE smartfoni QuickCharge 3.0 funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydimi?

QuickCharge 3.0 imkoniyati 10 daqiqalik quvvatlashdan keyin smartfondan taxminan to‘rt soat davomida foydalanishga zamin yaratadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid